O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Boshliqqa kerak bo‘lib qoldi” – deb, pullarni o‘zlashtirgan uddaburon...

Surxondaryo viloyati. 2022 yilning yanvar oyining o‘rtalarida Termiz shahrida yashovchi Surxondaryo viloyati bo‘ylab dori-darmon vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJdagi Savdo bo‘limida savdo vakili xodimi lavozimida ishlab kelgan 29 yoshli T.O‘., o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, mazkur korxonadan 118.000.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘lariga teng bo‘lgan turli xildagi dori vositalarini Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida qabul qilib olib, ushbu dorilarni tumandagi dorixonalarga tarqatib, ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini jamiyatning hisob raqamiga kirim qilmasdan, jamiyat rahbariga naqd pul shaklida zarur bo‘lib qolganligini aytgan holda dorixona xodimlarini aldab, firibgarlik yo‘li bilan 118.000.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismining “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

mayor T. Elbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech