Bosqinchi qo‘shni
Navoiy viloyati. 2022 yil 14 sentyabr kuni soat 00:30 larda Navoiy viloyati Xatirchi tumanda yashovchi 24 yoshli B.R. mast holatda bo‘la turib, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, o‘zi bilan bir qishloqda yashovchi 36 yoshli U.A.ning turmush o‘rtog‘i Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketganligini bila turib, uning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga o‘qtalib, og‘zini qo‘li bilan yopib, pul topib berishini talab qilib, sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, o‘ng qo‘l yelka yuqori uchligi tashqi yuzasidagi qontalash jarohatini yetkazib, U.A.ning farzandlari uyg‘onib qolishi natijasida, jinoiy maqsadini oxirigacha yetkaza olmasdan voqea joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida B.R. ushlanib, undan 1 dona fonar, 1 dona pichoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi
podpolkovnik S. Shirbacheyev
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti