O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oilaviy janjal

2019 yil 5 mart kuni soat taxminan 05:30 da, Toshkent viloyat Angren shahrida yashovchi fuqaro N.S. o'z uyida turmush o’rtog’i Y.F. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada Y.F. kasalxonaga yotqizilgan. N.S. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech