Uyida giyohvandlik vositasini saqlagan shaxs ushlandi
2018 yil 23 avgust kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan “Qoradori-2018” tezkor tadbir davomida R.A. yashash manzilida 4 kg. 311 gr. teng “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda etishtirib, uni saqlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti