O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

«Qoradori-2018»

2018 yil 6 oktyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan «Qoradori-2018» keng qamrovli tezkor tadbiri davomida, Olmaliq shahri hududida fuqaro Z.Sh. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u yonida og'irligi 1 kg. 894 gr. teng «marixuana» giyohvandlik vositasini o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech