O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qoradori-2018”

2018 yil 19 oktyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2018” keng qamrovli tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro Sh.G’.ning uyi ko'zdan kechirilganda, uy tomida og’irligi 1 kg. 135,79 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay, qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech