“Qoradori-2018”
2018 yil 26 oktyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2018” keng qamrovli tezkor tadbir davomida, fuqaro I.Sh. Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududida arizachi fuqaro A.A.ga og’irligi 1 kilogramm 293 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini 5.000.000 so’mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti