O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qoradori-2019”

2019 yil 14 avgust kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2019” keng qamrovli tezkor tadbiri davomida, Farg’ona viloyat Farg’ona shahar hududida fuqaro S.A. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u yonida og'irligi 2 kilogramm 311 grammga teng bo’lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech