O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qoradori-2019”

2019 yil 4 sentyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2019” keng qamrovli tezkor tadbiri davomida, Toshkent shahar Yunusobod tuman hududida fuqaro T.A. noqonuniy ashyolarni saqlaganlikda gumon qilinib to'xtatilgan vaqtda, u yonida og'irligi 1,26 grammga teng bo’lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech