O’limga sabab bo’lgan janjal
2019 yil 8 avgust kuni soat taxminan 14:30 da, fuqaro A.A. Toshkent viloyat Chinoz tuman hududida tanishi A.B. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada A.B. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. A.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti