O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’limga sabab bo’lgan janjal

2019 yil 19 aprel kuni soat taxminan 00:30da, fuqaro F.Sh. Samarqand viloyat Samarqand tuman hududida fuqaro M.B. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan.

Natijada M.B. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. F.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech