O’limga sabab bo’lgan janjal
2019 yil 4 fevral kuni soat taxminan 23:30da, Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida yashovchi fuqaro U.I. o’z uyi oldida tanishi J.L. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning o’ng yelka va chap biqin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada J.L. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. U.I. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti