O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Eski kelishmovchilikning bozordagi yechimi

Toshkent shahri. 2021 yilning 11 mart kuni soat 15:00 larda 19 yoshli Shahzod Q., Uchtepa tumani O‘rikzor MFY.,da joylashgan O‘rikzor bozori hududidan o‘tib ketayotib, u yerda eski tanishi 23 yoshli Kamol D.,ni ko‘rib qolib, u bilan bog‘liq eski kelishmovchiliklarni eslab, jamoat joyida bo‘la turib, uni turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan boshi va tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan. Natijada Kamol D., bosh miya ochiq jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shahzod Q.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.  

Hozirda tergov davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech