O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Garov sifatida berilgan pullar yer egasi tomonidan o‘zlashtirib yuborildi

Toshkent viloyati. 2020 yilni sentyabr oyida 28 yoshli X.X. 56 yoshli Turkiya fuqarosi E.N.ning ishonchiga kirib, unga Zangiota tumani hududida joylashgan 6 sotix bo‘sh yer maydonini 115.000 AQSH dollariga sotishni vaʼda qilib, hujjatlarni tayyorlash uchun oldindan garov sifatida olingan 5.000 AQSH dollari pullarini o‘zining ehtiyojlariga sarflab, bergan vaʼdasini bajarmasdan, ushbu yer maydonini boshqa shaxslarga xam sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olayotgan vaqtingizda barcha hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi hamda qonuniy kuchga kirganligiga ishonch hosil qilishingizni so‘raymiz. Zarur xollarda huquqshunos yoki mutaxassis maslahatlaridan foydalanishingizni so‘raymiz. Firibgarning fitnasiga tushib qolmang.

 

Muallif: Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi

katta leytenant Abdumalik Avalbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech