“Pulini tez orada berib yuboraman” Fargʼonada firibgarlik holati yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi
Fargʼona. 2019 yilning sentyabrь oyida Fargʼona tumanida 38 yoshli R.B. va uning otasi 63 yoshli K.B., lar 32 yoshli X.X., ning ishonchiga kirib, unga tegishli boʼlgan 3 ta «Damas» rusumli avtomashinani 16.100 АQSh dollariga sotib olishga kelishib, avtomashinalarni olganidan soʼng, kelishilgan pullarni bermasdan, avtoulovlarni firibgarlik yoʼli qoʼlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar yuqorida koʼrsatilgan holat qurboniga aylanmasligingiz uchun, Sizga tegishli mulklarni oldi-sotdi harakatlarini davlat organlari orqali amalga oshirishingizni soʼraymiz.
Firibgarlarning tuzogʼiga tushib qolmaslik oʼzingizni qoʼlingizda!
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti