Avtomobildan o‘g‘irlik sodir etish uchun “zajigalka” zarur bo‘ldi
Toshkent shahri. 2021 yilning 18 may kuni soat 19:30dan 19 may kuni soat 07:30ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, nomaʼlum shaxs Yangihayot tumani “Xumo” mahallasida joylashgan uylar oldida bo‘la turib u yerda 39 yoshli I.Akbarjon tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Lacetti” rusumli avtoulovining old yo‘lovchi eshik oynasini “zajigalka” yordamida qizdirish yo‘li bilan sindirib, salonga o‘rnatilgan narxi 1.000.000 so‘mlik antiradar moslamasini yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro 45 yoshli I.Akbarjon sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti