Qarz uchun hayotdan ko'z yumdi
2018 yil 8 sentyabr kuni soat taxminan 22:00da, X.U. Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan avtoturargoh qorovulxonasida tanishi M.L. o'rtasida qarz masalasi yuzasidan kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning bosh va tanasining turli joylariga qo'li bilan urib, og'ir tan jarohat etkazgan. Natijada M.L. hodisa joyida vafot etgan. X.U. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish, jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti