Odamlar o’limi bilan bog’liq yo’l-transport hodisasi
2019 yil 25 iyul kuni soat taxminan 18:30 da, fuqaro U.J. o’z boshqaruvidagi “Ural” rusumli mototsiklni Farg’ona viloyat Oltiariq tuman hududida boshqarib ketayotib, fuqaro T.A. boshqaruvidagi “Mercedes Benz” rusumli yuk mashinasiga urilib, to’qnashuv sodir etgan. Natijada, “Ural” rusumli mototsikl haydovchisi U.J. va yo’lovchisi R.R.lar jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi(transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o’limiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti