O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Odamlar o’limiga sabab bo’lgan yo’l-transport hodisasi

2018 yil 16 dekabr kuni soat taxminan 20:35da, fuqaro J.E. o’z boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtoulovni “Jizzax-Gagarin-Manas” 4P-286 yo’lining 13 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo’nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro J.M. boshqaruvidagi “TTZ-8010” rusumli traktorning tirkamasiga urilib, to’qnashuv sodir etgan. Natijada, “Neksiya” rusumli avtoulov haydovchisi J.E. va yo’lovchisi Q.X.lar jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o’limiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech