O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Odamlar o’limiga sabab bo’lgan yo’l-transport hodisasi

2019 yil 11 fevral kuni soat taxminan 06:00 da, fuqaro M.M. o’z boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Jomboy-Eshimoqsoq” 4P-48 yo’lining 11 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo’nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.D. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli ekskavatorga urilib, to’qnashuv sodir etgan. Natijada, “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi M.M. va yo’lovchisi M.H.lar jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o’limiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech