Odamlar o’limiga sabab bo’lgan yo’l-transport hodisasi
2019 yil 18 mart kuni soat taxminan 17:30 da, fuqaro A.Y. o’z boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani Xorazm viloyat Xonqa tuman hududidan o’tgan 4R-170 yo’lining 18 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo’nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro R.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinaga urilib, to’qnashuv sodir etgan. Natijada, “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi A.Y. va yo’lovchilari M.A., B.O. va K.R.lar jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o’limiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti