O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Odam o’limi bilan bog’liq yo’l-transport hodisasi

2019 yil 3 yanvar kuni soat taxminan 12:00 da, fuqaro N.N. o’z boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtoulovni Toshkent viloyat Bo’stonliq tuman hududidan o’tuvchi “Bektemir-Chorbog’” avtomobil yo’lining 42-kilometrida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo’qotgan va yo’lning o’ng chetidagi jarlikka tushib ketib, yo’l-transport hodisasini sodir etgan. Natijada, mazkur avtoulov yo’lovchisi M.Sh. jarohat olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o’lishiga sabab bo’lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech