Sinfdoshlar o‘rtasidagi janjal o‘limga olib keldi
2018 yil 6 sentyabr kuni soat taxminan 22:10da, Jizzax viloyat Do'stlik tumanida fuqaro A.A. spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda, sinfdoshi S.X. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uni bosh sohasiga qo'li bilan urganligi natijasida, S.X. boshi bilan erga yiqilib, og'ir tan jarohati olgan hamda kasalxonaga yotqizilgan. Biroq, unga ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, S.X. kasalxonada vafot etgan. A.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish, jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti