Fermer ho’jaligi ishchisi og’ir tan jarohati yetkazdi
2018 yil 23 sentyabr kuni soat taxminan 21:00da, Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumanida fuqaro Q.T. tanishi J.Sh. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning peshona sohasiga tosh bilan urganligi natijasida, J.Sh. og'ir tan jarohati olgan hamda kasalxonaga yotqizilgan. Biroq, unga ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, kasalxonada vafot etgan. Q.T. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish, jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti