O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Traktor va yuk mashinasi ishtirokidagi YTH: 2 nafar qurbonlar bor

Toshkent viloyati. 2020 yilning 17 sentyabrь kuni soat 20:30 da haydovchi, 35 yoshli X.T., “Hyundai porter” rusumli avtomashinani boshqarib, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʼtgan M-39 “Guliston-Boʼka-Аngren-Qoʼqon-Аndijon-Osh” avtomobilь yoʼlining 153-kilometrida Аngren shahri yoʼnalishidan Toshkent shahri yoʼnalishiga qarab harakatlanib borib, oʼzi bilan bir yoʼnalishda chapga qayrilish uchun (ruxsat etilgan joyda) toʼxtab turgan haydovchi 49 yoshli B.U., ning boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktorning tirkamasiga kelib urilgan.

Natijada “Hyundai porter” avtomashinasining yoʼlovchilari yaʼni haydovchi X.T.,ning turmush oʼrtogʼi 32 yoshli S.T., (ayol) tan jarohatlari olib xodisa joyida hamda voyaga yetmagan 5 oylik qizi B.B., Oxangaron tuman markaziy shifoxonasining qabul boʼlimiga olib kelingan vaqtda vafot etgan. Bundan tashqari, X.T., va uning oʼgʼillari 12 yoshli B.B., 10 yoshli U.B. va 7 yoshli X.B.,lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan boʼlib, hozirda jinoyat ishi viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech