O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

2 nafar insonning hayotiga zomin boʼlgan YTHnafar insonning hayotiga zomin boʼlgan YTH

Samarqand. 2020 yilning 16 sentyabrь kuni soat 7:00 da Paxtachi tumani “Yobu” mahallasi hududidan oʼtgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobilь yoʼlining 139 km.da haydovchi 26 yoshli I.R., boshqaruvida boʼlgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinani Navoiy viloyati yoʼnalishi boʼyicha boshqarib borib, old tomonidan harakatlanib ketayotgan haydovchi 53 yoshli Sh.H., ning boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib, yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan.  Natijada, “Lasetti” avtomashina yoʼlovchisi 70 yoshli H.X., olgan tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yoʼlovchilari 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli А.B., lar (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʼlimiga yotqizilganlar, ammo koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech