Andijonda YTH ikki nafar shaxs vafot etdi, yana to‘rt nafari tan jarohati oldi
Andijon viloyati. 2020 yil 18 oktyabr kuni soat 15:00 da 40 yoshli F.X., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasini Baliqchi tumani Afsona MFY hududidan o‘tgan Baliqchi-O‘rmonbek avtomobil yo‘lining O‘rmonbek yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda qarshisidan harakatlanib kelayotgan 53 yoshli A.O‘.,ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, “Nexia” avtomashina haydovchisi F.X. va yo‘lovchi 53-yoshli J.M., hodisa joyida vafot etgan. Har ikkila avtomashinadagi yana 3 nafar yo‘lovchi va boshqa bir haydovchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib kasalxonaga murojaat qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti