Zominda YTH: ikki kishi vafot etgan yana 4 nafari shifoxonada
Jizzax. 2020 yilning 10 avgust kuni soat 16:30 da haydovchi 42 yoshli R.А., oʼzining boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinada Hovos tumanidan Dashtobod yoʼnalishiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida, Zomin tumani hududidan oʼtuvchi А-376-avtomobil yoʼlining 239 km.ga kelganida oʼzidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib oʼtish uchun qarama-qarshi yoʼnalishga chiqqan vaqtida, shu yoʼnalishda harakatlanib kelayotgan 42 yoshli R.X.,ning boshqaruvida boʼlgan «Isuzu» rusumli yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilib, yoʼl-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada, «Lada-Largus» rusumli avtomashina yoʼlovchilari 31 yoshli X.B.(ayol) va 55 yoshli B.B.,(ayol)lar hodisa sodir boʼlgan joyda vafot etgan. «Lada-Largus» avtomashina haydovchisi R.А., yoʼlovchilari 30 yoshli B.B., va uning farzandlari 6 yoshli G.R.(ayol), hamda 4 yoshli R.R.,lar turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
Zomin tumani IIO FMB huzuridagi
TB katta tergovchisi
mayor E.B.Eraliyev