O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tezkor tadbirlar samarasi

Joriy yil 20 dekabrdan 21 dekabrga o’tar kechasi, uch nafar noma’lum shaxslar Toshkent viloyat Yangiyo’l shahri hududida fuqaro E.M.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning 30.000 so’m miqdoridagi pullari va “IPhone” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro R.I, S.S. va A.L.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib,ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech