O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tezkor tadbirlar samarasi

2019 yil 21 fevral kunidan 23 fevral kunigacha bo’lgan vaqt oralig’ida noma’lum shaxs Andijon viloyat Qo’rg’ontepa tumanida yashovchi fuqaro N.M.ning uyiga devor oshish yo’li bilan g’ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy qiymati 8.400.000 so’mlik zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni fuqaro K.N. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech