Tezkor tadbirlar samarasi
2019 yil 3 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.Z. Navoiy viloyat Karmana tuman hududida o’zining 2016 yil tug'ilgan o’g’il farzandini 8.000.000 so’m va 100 AQSh dollari evaziga fuqaro Sh.M. va T.F.larga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti