Tezkor tadbirlar samarasi
2019 yil 18 mart kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro O.Sh. Toshkent viloyat O’rtachirchiq tuman hududida o’zining 06.01.2019 yilda tug'ilgan o’g’il farzandini 8.000 AQSh dollari evaziga “A” ismli shaxsga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti