O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tezkor tadbirlar samarasi

2019 yil 11 mart kunidan 12 mart kuniga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Toshkent viloyat Yangiyo’l tumanida yashovchi fuqaro B.S.ning uyiga deraza orqali g’ayriqonuniy ravishda kirib, jami 17.500.000 so’m miqdoridagi pul mablag’larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni fuqaro U.F. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech