
Tergov-tezkor tadbirlar samarasi
2018 yil 19 noyabr kuni soat 13:00dan 15:30gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma’lum shaxs Namangan viloyati Uychi tumani hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro X.X.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro Q.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti