O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘onada yigitcha “Moskvich”ni olib qochdi

Farg‘ona viloyati. 2021 yil 19 dekabr kuni soat 08:30 larda Farg‘ona viloyati 102-raqamiga O‘zbekiston tumani Bunyodkor ko‘chasida yashovchi 33 yoshli T.D. qo‘ng‘iroq qilib, unga tegishli bo‘lgan “Moskvich” rusumli avtomashinasi yashash xonadoni oldidan nomaʼlum shaxs tomonidan olib qochilganligi haqida xabar berib, avtomashinani topishda hamda transport vositasini olib qochgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 17 yoshli K.M. sodir etganligi aniqlanib, T.D.,ga tegishli avtomashinani 3 km. masofagacha boshqarib borib, O‘zbekiston tumani Dashtxasan ko‘chasida joylashgan “Vaxobjon ota” choyxonasi yoniga tashlab ketganligi maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Qonunbuzar bilan bir qator tergov harakatlari o‘tkazilganda, u 19 dekabr kuni spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, avtomashinani ochiqligidan foydalanib kalit tanlash yo‘li bilan o‘t oldirib, olib qochib ketganligi bildirgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech