O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Firibgar qonun oldida javob berdi

2019 yilning 05 may kuni fuqaro S.A. fuqaro Y.S.ga arzon narxda uy olib berishni va’da qilib, buning evaziga undan 28.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB 1-son IIB Tergov guruhi tomonidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 13.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, S.A. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech