Futbol o‘yini qo‘l jangiga aylanib ketdi
Surxondaryo viloyati. 2022 yil 17 aprel kuni soat 20:30 larda Muzrabot tumani “Obod turmush” mahallasida joylashgan stadionda shu mahallada yashovchi 29 yoshli Yu.U. mahalladoshi 46 yoshli X.S. va boshqa fuqarolar bilan futbol o‘ynashayotgan vaqtida, Yu.U. raqib jamoasida o‘ynayotgan X.S. bilan o‘yin yuzasidan o‘zaro tortishib janjallashib qolishib, janjal vaqtida Yu.U. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, atrofda to‘plangan odamlarning ko‘z o‘ngida, X.S.ning yuz va ko‘z sohalariga qo‘lining mushti bilan urib, oyog‘i bilan tepib, unga tan jarohati yetkazgan.
Natijada fuqaro X.S. olgan tan jarohatlari bilan viloyat ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Muzrobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Yu.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti