O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik – XXI asr vabosi

2019 yil 11 iyun kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2019” tadbiri davomida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro R.F. yashash uyi tomorqasida tarkibida giyohvandlik vositasi bo’lgan 1 tup “kannabis” o’simligini parvarishlab, kelgusida sotish maqsadida uning barglarini quritib, uyida saqlab kelayotganligi aniqlanib, undan umumiy og’irligi 3359,9 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan R.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida R.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining 25.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro R.F. Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech