O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilik fosh etildi

2018 yil 1 avgust kuni taxminan soat 17:20da Toshkent shahar Sergeli tuman hududida M.J. o‘zining boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtomashinasiga voyaga etmagan K.M.ni yo‘lovchi sifatida o‘tkazib, uni uyi oldiga olib borib, unga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, 50 ming so‘m pul mablag‘ini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.J. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech