O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilik fosh etildi

2018 yil 30 sentyabr kuni soat taxminan 23:30da, noma'lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tuman Do'mbirobod ko'chasi 180-uy oldida fuqaro N.Sh.ga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, bahosi 70.000 so'mlik ayollar sumkasi va uning ichida bo'lgan fuqarolik pasporti, pardoz anjomlari, 80.000 so'm pul mablag‘ini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

4 oktyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni К.F. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «а» bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech