Talonchilik fosh etildi
2018 yil 10 avgust kuni soat taxminan 14:00da, noma’lum shaxs Surxondaryo viloyat Denov tumanida fuqaro F.E.ning qo‘lida bo‘lgan «Samsung» rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
16 avgust kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni I.S. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti