Talonchilik “issiq izi”dan fosh etildi
2018 yil 12 oktyabr kuni soat taxminan 11:00da, noma’lum shaxs Namangan viloyat Uychi tumanida joylashgan “Uychi” dehqon bozori oldida bo’la turib, fuqaro S.F.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning qo’lidagi “Samsung” rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro M.B. sodir etganligi aniqlanib, u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo’rqitib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti