O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilik “issiq izi”dan fosh etildi

2018 yil 5 noyabr kuni soat taxminan 20:30da, noma’lum shaxs Namangan viloyati Uychi tumani hududida bo’la turib, fuqaro Q.U.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning qo’lidagi “Artel” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro M.A. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo’rqitib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech