Talonchilik fosh etildi
2018 yil 18 dekabr kuni soat taxminan 23:30da, ikki nafar noma’lum shaxs Toshkent viloyat Olmaliq shahri hududida fuqaro P.Z.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning 60.000 so’m miqdoridagi pullarini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro S.S. va A.F.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib,ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti