Talonchilik fosh etildi
2019 yil 2 mart kuni soat taxminan 07:30 da, fuqaro M.Y. Toshkent shahar Yunusobod tuman hududida fuqaro Y.O.ning qo’lidan “Strike” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro M.Y. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti