Talonchilik fosh etildi
2018 yil 10 dekabr kuni soat taxminan 18:00da, ikki nafar noma’lum shaxs Samarqand viloyat Samarqand shahri hududida fuqaro A.X.ni kuch ishlatish bilan qo’rqitib, uning 312.000 so’m miqdoridagi pullarini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro A.D. va T.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib,ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti