O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchi qo'lga olindi

2018 yil 4 sentyabr kuni soat taxminan 10:30da noma'lum shaxs Toshkent shahar Yashnobod tumani hududida voyaga etmagan K.S.ga nisbatan zo'rlik ishlatib, qo'lidan “ Samsung ” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni T.T. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni o'zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish, hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
 O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti
Text to speech