Samarqanddagi tovlamachilik, jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Samarqand. 2020 yilning 21 mart kuni 27 yoshli А.Q., ariza bilan Urgut tuman boʼyicha IIO FMBga murojaat qilib, oʼz arizasida 2020 yilning 19 mart kunidan 20 mart kuniga oʼtar kechasi soat 00:30 larda oʼziga fotiha qilingan Urgut tuman Ipakli mahallasida yashovchi qizi bilan uchrashib qaytib kelayotganida mahalla ichki yoʼlidan yolgʼiz oʼzi kelayotganligini koʼrib qolgan 22 yoshli X.Q., S.S., E.Sh. va А.F.,lar uning yoʼlini toʼsib, har xil soʼzlar bilan haqorat qilib, urib doʼpposlab, А.Q.,ga tan jarohati yetkazib, yonida boʼlgan bir dona bahosi 400.000 soʼmlik “Samsung J-1” rusumli telefon apparati, bahosi 50.000 soʼmlik Bluetooth quloqchinlari va bir dona bahosi 30.000 soʼmlik 4 GB sigʼimga ega boʼlgan elektron xotira moslamasini tortib olib, hodisa sodir boʼlgan joydan yashiringanligini va ularga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, X. Q., dan “Samsung J-1” rusumli uyali aloqa vositasi, S.S., dan Bluetooth quloqchinlar, E.Sh., dan bir dona “4 GB” sigʼimga ega boʼlgan elektron xotira moslamasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, X.Q., X.S., E.Sh. va А.F.,lar gumon qilunuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.