Talonchi ashyoviy dalillar bilan ushlandi
2018 yil 9 dekabr kuni soat taxminan 17:30da, noma’lum shaxs Samarqand viloyat Jomboy tuman hududida fuqaro B.Z.ning qo’lidagi 500.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va “Samsung” rusumli uyali telefonini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro B.U. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti