Talonchilar uzoqqa bora olmadi
2019 yil 18 avgust kuni soat taxminan 21:00 da, fuqaro M.X., X.O. va M.Sh.lar Toshkent shahar Shayxontohur tuman hududida fuqaro R.X.ning qo’lidan “RedMi” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashirinishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida fuqaro M.X., X.O. va M.Sh.lar ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti